Demansh 2047 elektro skuteri — kundalik foydalanish uchun qulay, zamonaviy va tejamkor elektr transport vositasi. 500W motor va 60V/20Ah akkumulyator bilan jihozlangan. Skuterda yo‘lni yaxshi yoritish uchun LED chiroqlar, ma’lumotlarni qulay kuzatish uchun takomillashtirilgan tablo mavjud.
Model 2047 amaliy va qulay konstruksiyaga ega bo‘lib, kundalik shahar harakatlari, ishga, o‘qishga yoki xaridlar uchun foydalanishga mos keladi. Old qismidagi bakavoy, yuklarni joylashtirish uchun qulay.
Demansh 2047 — qulaylik, zamonaviy dizayn va elektr harakatlanishni birlashtirgan amaliy elektro skuter.

