JIN LONG professional asbob belbog'i elektrchilar, montajchilar, quruvchilar va barcha ustalar uchun qulay va amaliy yechimdir. Ish jarayonida kerakli asboblarning barchasi doimo qo'l ostida bo'lib, ishni tezroq va samaraliroq bajarishga yordam beradi.
Mahsulot yuqori zichlikdagi, mustahkam va aşinishga chidamli matodan tayyorlangan. Mato namlik, chang va kundalik foydalanishga bardoshli bo'lib, mustahkam tikuvlar hamda sifatli furnitura uzoq xizmat muddatini ta'minlaydi.
Belbog' 7 ta qulay cho'ntak va bo'lim bilan
jihozlangan. Ulardan 1 tasi katta markaziy bo'lim bo'lib, yirik asboblar va aksesuarlarni joylashtirish uchun mo'ljallangan. Qolgan cho'ntaklarda otvyortka, ombur, qisqich, ruletka, pichoq, qalam va boshqa mayda buyumlarni tartibli saqlash mumkin.
Sifatli fermuarlar silliq ochilib-yopiladi, sozlanadigan belbog' esa deyarli har qanday bel o'lchamiga moslashadi va uzoq vaqt ishlaganda ham qulaylik yaratadi.

