• Rejimlar: 5 ta (Clean / White / Polish / Sensitive / Gum Care)
• Pulsatsiya: 48 000/daq gacha
• Nasadkalar: 3 ta (yumshoq, o‘rta, monopupukli)
• Avtonom ish: 60 kungacha
• Taymer: 2 daqiqa
• Indikator: LED
• Himoya: IPX7
• To‘plam: futlyar + zaryad qurilmasi











Polaris PETB 0701 TC — keng imkoniyatlarga ega zamonaviy elektr tish cho‘tkasi bo‘lib, yuqori tezlikda samarali tozalashni ta’minlaydi. Kundalik foydalanish, sezgir tishlar va milk parvarishi uchun mos.
Cho‘tka 31 000–48 000 pulsatsiya/daq tezlikda ishlaydi va tish karashini samarali tozalaydi. Qurilmada 5 ta rejim mavjud: Clean, White, Polish, Sensitive va Gum Care.
To‘plamda 3 ta nasadka bor: yumshoq, o‘rta qattiqlikdagi va monopupukli. Bu tishlar, milk va qiyin yetiladigan joylarni tozalash imkonini beradi.
LED indikatorlar rejim va zaryad darajasini ko‘rsatadi. Ichki taymer qurilmani 2 daqiqadan so‘ng avtomatik o‘chiradi.
Akkumulyator 60 kungacha ishlaydi (Sensitive rejimda). To‘plamga sayohat uchun футляр va zaryad qurilmasi kiradi.
Turi: elektr tish cho‘tkasi

