Model 48 Ah olinadigan akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, quvvatlash jarayonida foydalanish qulayligini oshiradi. 14 dyuymli g‘ildiraklar, amortizatorlar va yumshoq o‘rindiq harakat vaqtida qulaylik yaratadi. Skuter 150 kg gacha yuklamani ko‘tara oladi.
Drongo R14’da tezlik, akkumulyator holati va boshqa asosiy ma’lumotlarni kuzatish imkonini beruvchi LCD displey mavjud. Old qismidagi savat, orqa tarafdagi yuk qutisi, fara, signal va oynalar kundalik foydalanish uchun amaliy yechim beradi. O‘g‘irlikka qarshi signalizatsiya tizimi esa qo‘shimcha himoya taqdim etadi.
Drongo R14 — qulay, zamonaviy va tejamkor elektr transport izlayotganlar uchun mos tanlov.

