DEMANSH J.K Long elektr skuteri kundalik foydalanish, shahar bo‘ylab harakatlanish va uzoqroq masofalarga qulay yurish uchun mo‘ljallangan. Skuter 72V 20Ah sig‘imli 6 dona akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, uzoq masofaga harakatlanish imkonini beradi. Maksimal tezligi 60 km/soatgacha.
Modelda ikki kishilik qulay o‘rindiq, LED chiroqlar, elektron tablo va masofadan boshqariladigan qulflash tizimi mavjud. Red Line disklar va keng shinalar skuterga zamonaviy ko‘rinish va barqaror harakatlanish imkonini beradi. Old qismida suyuq/gidravlik tormoz, orqa qismida esa kalotka tormoz tizimi o‘rnatilgan.
Uzoq yo‘lda qulaylik uchun kruiz kontrol funksiyasi mavjud. Skuterda 3 ta bagaj joyi bo‘lib, kundalik yuklarni tashish uchun ham qulay.
Komplektdagi bonuslar: bakavoy, zaryadnik, kaska hamda yomg‘ir va quyoshdan himoya qiluvchi plash.
DEMANSH J.K Long — kuchli akkumulyator, keng shinalar, qulay ikki kishilik o‘rindiq va zamonaviy funksiyalarga ega elektr skuter.

