DEMANSH 2013 (16 cho‘ntak) — shahar bo‘ylab qulay va zamonaviy harakatlanish uchun mo‘ljallangan elektr skuter. Skuter 60V 20Ah akkumulyator tizimi (5 dona) bilan jihozlangan bo‘lib, kundalik foydalanishda qulay harakatlanish imkonini beradi. Sport, Eko, Parkovka va Orqaga (Zadni) rejimlari turli yo‘l sharoitlarida boshqaruvni yanada qulaylashtiradi.
Modelda uzoq yo‘lda qulaylik beruvchi kruiz-kontrol, yorqin LED chiroqlar, masofadan qulflash funksiyasi va ma’lumotlarni ko‘rsatib turuvchi elektron tablo mavjud. Red Line diskalar, oldi suyuq tormoz va orqa kolodka tormoz tizimi xavfsiz boshqaruvga yordam beradi. Ikki kishilik o‘rindiq esa haydovchi va yo‘lovchi uchun qulaylik yaratadi.
Komplekt tarkibida bakavoy, zaryadnik, kaska hamda yomg‘ir va quyoshdan himoya plashi mavjud. DEMANSH 2013 kundalik shahar qatnovlari, ishga borish, xarid qilish va qisqa masofali safarlar uchun amaliy tanlovdir.

