Model 1030 elektr skuter — shahar va kundalik foydalanish uchun qulay, zamonaviy va amaliy elektr transport vositasi. 500W quvvatli elektr motori skuterga yaxshi tezlanish va harakatlanish imkonini beradi. 60V/20Ah akkumulyator bilan bir quvvatlashda 60 km gacha masofa bosib o‘tishi mumkin. Maksimal tezligi 55 km/soatgacha.
Skuter LED chiroqlar bilan jihozlangan bo‘lib, tungi vaqtda yo‘lni yaxshi yoritishga yordam beradi. Takomillashtirilgan elektron tablo orqali harakat tezligi, akkumulyator holati va boshqa muhim ko‘rsatkichlarni kuzatish mumkin. Qulay o‘rindiq, mustahkam konstruksiya va amortizatsiya tizimi kundalik haydashda qulaylik yaratadi.
Model 1030 komplektida bakavoy, zaryadnik, kaska va yomg‘irga qarshi plash mavjud. Skuter qora, yashil, ko‘k va to‘q seriy ranglarda taklif qilinadi. Shahar bo‘ylab harakatlanish, ishga borish, xarid qilish va kundalik ehtiyojlar uchun mos.

