Afzalliklariyo’q!
KamchiliklariSharbatni sifatli ajratmaydi, po‘choqlar aralashib ketadi, sharbat sachraydi va oqib ketadi!
IzohUshbu juicerni katta umid bilan sotib olgan edim, ammo mahsulot sifati meni umuman qoniqtirmadi. Mevalarning sharbatini to‘g‘ri ajratib bermaydi, sharbat bilan po‘choq va chiqindilar aralashib ketadi. Ishlayotganda sharbat atrofga sachraydi va oqib ketadi, foydalanish juda noqulay. Bundan tashqari, motor tez qizib ketadi va ishlash vaqtida yoqimsiz, kuygan plastmassaga o‘xshash hid chiqadi!
Mahsulot tavsifida ko‘rsatilgan vazifani sifatli bajarmayapti. Shu sababli ushbu mahsulotdan noroziman va uni qaytarib, to‘lagan pulimni qaytarib berishingizni so‘rayman!