• Og‘irligi: 13.2 kg
• Maksimal yuklama: 120 kg
• Foydalanuvchining bo'yi: 120-200 sm
• Suvga chidamli emas
• Tormozlash tizimi: eABS +orqa ikki kolodkali diskli tormoz
• Maks. tezlik: 25 km/soat
• Yurish zaxirasi: 30 km
• Qiyalikdan ko‘tarilish qobiliyati:16%
• Shinalar: diametri 8.5 dyuym bo‘lgan old va orqa pnevmatik shinalari
• Foydalanuvchining yoshi: 18 dan 50 yoshgacha
Elektr samokat ommabop transport turlaridan biriga aylanib ulgurgan. U ixcham, boshqarilishi oddiy va ekologik. YM-E02 Electric Scooter yordamida siz osongina ishga, masalan, metro bekatigacha va bekatdan chiqib o‘z manzilingizgacha yetib olishingiz mumkin.
Katta yurish zaxirasi, ishonchli tormoz tizimi va mustahkam yig‘ma konstruktsiyasi tufayli samokat xavfsiz va qulay yurish sharoitini ta’minlaydi.
YM-E02 Electric Scooter ishonchli litiyli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, u qisqa tutashuvdan va noto‘g‘ri zaryadlanishdan ko‘p bosqichli himoyaga ega. Zaryad darajasi 30% dan kamayganida va, agar samokatdan bir necha kun davomida foydalanilmasa, batareya haddan tashqari zaryadsizlanishdan himoyalanish va xizmat muddatini uzaytirish uchun avtomat tarzda «uyqu» rejimiga o‘tadi.
YM-E02 Electric Scooter skuteri 25 km/soat maksimal tezlikka (shuningdek 5 km gacha va 20 km/soat tezlikda harakatlanish rejimlari ham imkonli) va 30 km yurish zaxirasiga ega. Skuter quvvati 600 Vt bo‘lgan elektr dvigateliga ega, og‘irligi 13.2 kg, 100 kg maksimal yuklamaga hamda bo‘yi 120 sm dan 200 sm gacha bo‘lgan haydovchilarga mo‘ljallangan. Samokat 16 foizli qiyalikka ko‘tarilish imkonini beradi.

