TOLSEN — bu ishonchlilik, qulaylik va uzoq xizmat muddati uchun yaratilgan professional darajadagi asboblardir.
TOLSEN plastik quvurlar uchun mo‘ljallangan elektr payvandlash apparati — bu mustahkam, qulay va yuqori unumdorlikka ega asbob bo‘lib, PP-R, PB, PE va PE-RT turidagi plastik quvurlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. Qurilma 700 Vt va 1500 Vt quvvat rejimlariga ega bo‘lib, turli ish turlari uchun optimal haroratni tanlash imkonini beradi. Kuchli isitgich elementi va aniq termoregulyator yordamida qulay, xavfsiz va samarali ishlashni ta’minlaydi. To‘liq jihozlangan to‘plam professional ustalar hamda maishiy foydalanish - suv ta’minoti, isitish va kanalizatsiya tizimlarini o‘rnatish, ta’mirlash va montaj ishlari uchun qulay.
Texnik xususiyatlari:
- Quvvati: 700 Vt / 1500 Vt
- Kuchlanish: 230 V
- Chastota: 50 Gts
- Harorat diapazoni: 0 °C – 300 °C
- Isitish nozullari: 20, 25, 32, 40, 50, 63 mm
- Taglik materiali: alyuminiy quyma
- Elektr kabeli: 1,8 m, CE vilkali
- Qadoq: metall quti, rangli yorliq va himoya plyonkasi bilan
Komplektatsiya:
- Quvurlarni payvandlash apparati
- 6 ta almashtiriladigan isitish nozulllari
- 3 metrlik ruletka
- Quvurlarni kesish qaychisi (Ø 3–42 mm)
- PH1×100 mm o‘lchamdagi tornavida
Afzalliklari:
✔ Ikki quvvat rejimi — 700 Vt va 1500 Vt, turli ishlar uchun mos
✔ Har xil turdagi plastik quvurlar bilan ishlash imkoniyati
✔ Aniq termoregulyator — haroratni 300 °C gacha boshqarish
✔ Mustahkam alyuminiy taglik — barqarorlik va ishonchlilik
✔ To‘liq jihozlangan to‘plam — qulay foydalanish uchun hamma kerakli asboblar
✔ Metall qutidagi ishonchli va ixcham qadoqlash

