Jamiyat taraqqiyotida elektrning o‘rni beqiyos. Elektr tokining sirli xususiyatlarini anglab olishingiz kelajakda buyuk kashfiyotlar ga qo‘l urishingizga sabab bo‘lar, ehtimol! Biz elektr toki va uning xususiyatlari haqida mo‘jaz qo‘llanma tayyorlashni niyat qildik. Qo‘llanmamiz sizga katta yo‘lning boshi bo‘lib xizmat qilsa, xursand bo‘lamiz! Kitob jajji elektrikka yaxshi yordamchi bo‘ladi, deb umid qilamiz.

