Oshxonadagi ishingizni bir necha barobar tezlashtiradigan kuchli elektr maydalagich-AVINAS AV-335 . Endi qiyma tayyorlash, piyoz to’g’rash yoki yong’oq maydalashga vaqt sarflashingiz shart emas — bir tugmani bosing, qolganini qurilma bajaradi.
Asosiy afzalliklari:
- 3800 Vt quvvat — go’shtni ham, qattiq mahsulotlarni ham tez va bir xil maydalaydi.
- 3,5 litrli kosa — butun oila uchun bir martada katta hajmda qiyma yoki salat tayyorlash imkoniyati.
- O’tkir pichoqlar — ikki qavatli zanglamaydigan po’lat pichoqlar mahsulotni bir tekisda maydalaydi.
- Universal — go’sht, tovuq, baliq, sabzavot, piyoz, sarimsoq, qalampir, ko’katlar, yong’oq va mevalar uchun.
- Xavfsiz konstruksiya — motor bloki qopqoqqa to’g’ri o’rnatilgandagina ishlaydi.
- Qulay dizayn — ergonomik tutqich, kosaning sirpanmaydigan asosi va zamonaviy qora korpus.
- Oson parvarish — kosa va pichoqlar tez yechiladi va oson yuviladi.
Nimalar tayyorlash mumkin: manti, chuchvara, kotlet uchun qiyma, salatlar, souslar, pyure, bolalar taomi, yong’oq va ziravorlar maydalash.
Texnik xususiyatlari:
- Brend: AVINAS
- Model: AV-335
- Quvvati: 3800 Vt
- Kosa hajmi: 3,5 L
- Pichoqlar: zanglamaydigan po’lat
- Rangi: qora
- Kuchlanish: 220–240 V, 50 Hz
To’plam: motor bloki, kosa, qopqoq, pichoqlar bloki, yo’riqnoma.