Elektrik molokootsos 3 ta rejim va 9 ta tezlikka ega bo’lib, osonlik bilan boshqarilishi mumkin. Zaryadi 2:30 soatgacha yetadi. Komplektga o’zi, 180 ml lik butilka, USB kabel, yo’riqnoma va qo’llanma kiradi.
Molokootsosning zaryadi tugagandan so’ng, uni o'zining zaryadlovchi qurilmasi bilan 100% to’liq zaryad qilish kerak, bu 3-4 soat davom etadi.
Foydasi! Bu qurilma ko’krakning qotib qolishi, isitma, noqulaylik va og’riqlarni oldini olishga yordam beradi, chunki bunday alomatlar ko’krak sut bilan to’lib ketganda yuzaga kelishi mumkin. Molokootsos laktafatsiyani normallashtirish va sut miqdorini oshirishga yordam beradi. Ammo, shuni unutmangki, uyqu rejimi, ovqatlanish va sog’lig’ingizga ham e’tibor qaratish juda muhim. Siz o’zingiz yoki farzandingiz bilan ko’chaga, o’qishga yoki boshqa joylarga chiqib, berilgan paketlardan foydalangan holda sutni yig’ib olishingiz mumkin. Agar farzandingiz och bo’lsa, unga sutni berishingiz mumkin, shunda ko’chada emizish uchun joy qidirmaslikka to’g’ri keladi va siz tinch bo’lasiz.

