De'Longhi KBOC2001.R Icona Capitals elektr choynagi nafis italyan dizayni, ishonchliligi va zamonaviy texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan. Yorqin qizil Tokyo Red rangi oshxonangizga o‘zgacha ko‘rinish bag‘ishlaydi, metall korpusi esa uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydi.
1,7 litr hajm bir vaqtning o‘zida bir nechta kishi uchun issiq ichimliklar tayyorlash imkonini beradi. 2000 Vt quvvat suvni tez qaynatadi, zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan yopiq isitish elementi esa parvarishni osonlashtirib, qurilmaning xizmat muddatini uzaytiradi.
Choynak olinadigan ohak filtriga, suv sathi ko‘rsatkichiga, ishlash indikatoriga va 360° aylanuvchi taglikka ega. Shu sababli undan o‘ng va chap qo‘l bilan birdek qulay foydalanish mumkin. Suv qaynaganda avtomatik o‘chish va suvsiz yoqilishdan himoya funksiyalari foydalanish xavfsizligini oshiradi.

• De'Longhi KBOC2001.R Icona Capitals elektr choynagi - 1 dona
• 360° aylanuvchi taglik - 1 dona
• Zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan olinadigan ohak filtri - 1 dona
• Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma - 1 dona
• Kafolat taloni - 1 dona
Sizga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekistonning turli shaharlarida De'Longhi rasmiy servis markazlari faoliyat yuritadi. Bu yerda kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat, mutaxassis maslahati hamda texnik yordam olishingiz mumkin.
1) Toshkent shahri - YTT Bubnov S.V.
Indeks: 100097
Manzil: Chilonzor ko‘chasi, 9-25
Telefon: +998 71 200 07 12
2) Samarqand shahri - XK «Tkachenko N.»
Manzil: Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 59
Telefon: +998 91 537 27 77
3) Buxoro shahri - «Presto Plus Servis» MChJ
Manzil: I. Karimov ko‘chasi, 1-uy
Telefon: +998 93 383 03 83
4) Namangan shahri - YTT Tsoy V.P.
Manzil: Navoiy ko‘chasi, 31
Telefon: +998 93 491 91 09
Hozirda Farg‘ona viloyati Namangan shahridagi rasmiy servis markazi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

