MAHSULOT TASNIFI
SAAB S2500i
Asosiy texnik ko‘rsatkichlar:
SAAB S2500i – benzinli elektr generatori (quvvati 2–2,2 kW) maishiy jihozlarni mustaqil elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan. 3,5 ot kuchiga ega, bir silindrli dvigatel AI-92 markali benzinda ishlashga mo‘ljallangan. 5,6 litrli yoqilg‘i baki 4–4,3 soatgacha uzluksiz ishlash imkonini beradi.Rozetka va kuchlanishni nazorat qiluvchi voltmetr elektr tarmog‘i yo‘q joylarda maishiy jihozlarni ulash imkonini beradi. Elektr sarfini nazorat qilish imkoni foydali ish koeffitsentini oshiradi.
Ixcham o‘lchamlar, 22 kg og‘irlik va qulay tutqich sabab generatorni olib yurishda yengillik tug‘diradi. Sirpanishga qarshi taglikli oyoqchalar uni notekis sathda ham barqaror joylashtirish imkonini beradi. Mexanik zarbalarga chidamli korpus uzoq xizmat muddatini ta’minlaydi. Qurilma xonadonlarda, dala hovlilarda elektr texnikasini quvvat bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Sovitish tizimi dvigatelni qizib ketishdan himoya qiladi. Kuchlanish stabilizatori va moy miqdori indikatori qisqa tutashuv yoki moy yetishmasligi holatlarida xavfsiz ishlashni ta’minlaydi. Avtomatik moy ta’minoti tizimi qurilmaning xizmat muddatini uzaytiradi. Qo‘lda ishga tushirish mexanizmi generatorni juda past yoki yuqori haroratlarda ham samarali ishlash imkonini beradi. Shovqinni kamaytiruvchi ichki izolatsiya qulaylikni oshiradi.

