Mastit — sut emizuvchi hayvonlarda uchraydigan kasallik boʻlib, asosan elin toʻqimalarining yalligʻlanishi bilan xarakterlanadi
Sut miqdorining kamayishi, sifatini buzilishi, davolash xarajatlarining koʻpayishi va baʼzan hayvonlarni erta brakka chiqarishga sabab boʻlib, chorvachilik xoʻjaliklariga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Masalan: mastit sogʻin sigirlar orasida: qoʻl bilan sogʻishda 20-25 %, mashina bilan sogʻishda 35-40 % uchraydi. Sutdan chiqqan — servis davrida 17,5 %, sogʻin yaʼni laktatsiya davrida 20-23,7 foizgacha etadi. Bunda:
1. Olinadigan umumiy sut miqdori 15-20 % pasayadi va uning yogʻlilik darajasi 0,8-1 % gacha tushib ketadi. Sutning sanitariya sifati pasayadi, yaʼni bunday sutdan tayyorlanadigan sut mahsulotlari sifatsiz boʻladi.
2. Yuqori mahsuldor hayvonlarning xoʻjalikda foydalanish muddati 6-8 yoshgacha qisqaradi. Sigirlar qisir qoladi.
3. Yosh hayvonlarda dispepsiya (ich ketishi) va yosh bolalar isteʼmol qilganda skarlatina (qizil qoʻylakcha toshmalar) kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi.

