Exografiya ginekologiyada" – tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari, magistrlar, ordinatorlar, akusher-ginekologlar va ultratovush diagnostikasi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv qo‘llanma.
Kitobda ginekologiyada ultratovush tekshiruvi (UTT/UZI) usullari, ayollar reproduktiv tizimi anatomiyasi, bachadon va tuxumdon kasalliklarini aniqlash, homiladorlik davridagi tekshiruvlar hamda zamonaviy diagnostika tamoyillari batafsil yoritilgan. Nazariy ma'lumotlar amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan bo‘lib, o‘quv jarayoni va kundalik tibbiy amaliyotda samarali foydalanishga yordam beradi.
Qo‘llanma dars mashg‘ulotlari, mustaqil ta'lim, imtihonlarga tayyorgarlik va klinik amaliyot uchun ishonchli manba hisoblanadi.Kategoriya: Kitoblar

