ePass2003 — elektron raqamli imzo (ERI) kalitlarini xavfsiz saqlash va ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan USB-token qurilmasi. Qurilma elektron hujjatlarni imzolash, foydalanuvchini identifikatsiya qilish va axborot tizimlariga xavfsiz kirishni ta’minlashda qo‘llaniladi. Davlat xizmatlari, soliq tizimlari, elektron hujjat aylanishi va boshqa ERI qo‘llab-quvvatlanadigan platformalarda foydalanish mumkin. Ixcham, USB interfeys orqali ulanadi va maxfiy kalitlarni himoyalangan holda saqlash imkonini beradi.

