BAIK Token — bu O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy va sertifikatlangan elektron raqamli imzo kaliti tashuvchisidir.
Afzalliklari:
✅ Milliy standartlar bo‘yicha sertifikatlangan — O‘zDSt 1092:2009 (II algoritm), O‘zDSt 2816:2014 talablariga javob beradi, nodavlat imkoniyatlardan himoyaning 1-darajali (eng yuqori) darajasiga ega.
✅ Ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish — ERI kalitiga begona shaxslar tomonidan ruxsatsiz kirishni oldini oladi va uning ko‘chirilish xavfini istisno qiladi.
✅ Mahalliy ishlab chiqarish — mahsulot davlat organlari va korporativ sektor talablarini hisobga olgan holda O‘zbekistonda yaratilgan.
✅ Moslashuvchanlik — onlayn-banking tizimlari (Styx) bilan ishlaydi, E-imzo bilan moslashgan, istalgan tizim va korporativ dasturlarga oson integratsiya qilinadi.
✅ Universallik — davlat tashkilotlari, banklar, tijorat kompaniyalari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun mos.
Qo‘llanish sohalari:
• Elektron hisobot va soliq deklaratsiyasini topshirish (E-imzoni yangilagan saytlarda).
• Internet-banking va to‘lov xizmatlari tizimlarida ishlash (Styx mavjud joylarda).
• Shartnoma va rasmiy hujjatlarni onlayn imzolash (E-imzoni yangilagan saytlarda).
• Davlat va korporativ axborot tizimlariga kirish (E-imzoni yangilagan saytlarda).
BAIK Token — zamonaviy dunyoda raqamli mustaqillik va xavfsizlikdir.

