• Xassa
O‘rindiqli yig‘ma hassa. Bu ko‘p funksiyali moslama bo‘lib, ham yurganda tayanch vazifasini, ham dam olish uchun ko‘chma o‘rindiq vazifasini bajaradi. U harakati cheklangan kishilar, keksalar yoki yurish paytida qo‘shimcha tayanchga va dam olish uchun o‘tirish imkoniyatiga muhtoj bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan.
Sayohat, sayr yoki xarid qilish paytida, navbatda turganida foydalanish uchun juda qulay bo‘lib, istalgan vaqtda dam olish imkonini beradi.
Xassa sirg‘anmaydigan yuzali plastik yig‘ma o‘rindiq bilan jihozlangan bo‘lib, u dam olish uchun qulay joy yaratadi va stul sifatida ishlatilganda barqarorlikni ta’minlovchi uch oyoqli tuzilishga ega. Xassa sifatida foydalanilganda qulay ushlash uchun ergonomik dasta mavjud. U osonlikcha xassadan stulga va aksincha o‘zgartiriladi.Yig‘iladigan tuzilishi uni tashish va saqlashni qulaylashtiradi.

