• Edvin Abbot: Yassiyurt
Bir kuni oddiy Kvadrat tasodifan uchinchi oʻlchov – Fazo borligidan xabar topadi. Bu kashfiyot uning dunyo haqidagi qarashlarini oʻzgartirib yuboradi, biroq buni eshitganlar Kvadratni telbaga chiqarishadi…
“Yassiyurt” – shunchaki geometrik ertak emas, balki tafakkur sarhadlari, ijtimoiy tabaqalanish va zulmga qarshi kurashish haqidagi ramziy hikoya. Edvin Abbotning bu satirasi sizni hayotingizdagi “yassi”liklar va haqiqatlar haqida oʻylashga undaydi.

