Edit Eva Eger yoshligida oilasi bilan birga Aushvits lageriga jo'natilgan. U yerda uning ota-onasi gaz kameralarida halok bo'ladi, Edith esa singlisi bilan birga o'lim lagerlarining barcha dahshatlarini boshidan kechiradi. Urush tugaganidan 35 yil o'tib, mashhur psixologga aylangach, Edit o'tmish xotiralari va omon qolganlik aybidan xalos bo'lish uchun Aushvitsga yana aytadi.
Bu kitob - Holokostdan omon qolgan insonning oddiy xotiralari emas. U qahramonlik, matonat, rahm-shafqat va ichki shifo haqidagi unutilmas tarixiy lavhalardir. Asar shuni ko'rsatadiki, biz har doim hayot bizga nimani o'rgatayotganini va ro'y berayotgan voqealarga qanday munosabatda bo'lishni tanlash imkoniga egamiz.

