Sovuq ichimlik suvini yirik (5 mkm dan katta) iflosliklardan mexanik tozalash uchun mo‘ljallangan, bosimga nisbatan yuqori chidamlilikka ega filtr korpusi. U qum, loy, zang, oksid qoldiqlari va boshqa mexanik iflosliklarni samarali tarzda olib tashlaydi. Ushbu modelning o‘ziga xos xususiyati — yuqori bosimda (30 bar gacha) ishlash qobiliyatidir.
Filtr suv quvuriga metalloplastik trubalar yordamida ulanadi. Ishlash muddati suvning ifloslanish darajasi va filtrlab o‘tkazilgan suv miqdoriga bog‘liq. Filtr kartiridjini har 2–6 oyda almashtirish tavsiya etiladi.
Resurs va xizmat muddati tugaganidan so‘ng kartiridjni yangisiga almashtirish kerak — maxsus kalit yordamida kolbani yeching, eski kartiridjni olib tashlang, filtr kolbasini oqayotgan suv ostida yuving va yangi kartiridjni joylashtiring. Kartiridj o‘rnatilgan korpusni filtr qopqog‘iga oxirigacha mahkamlang.
Texnik xususiyatlari
Kasseta turi: 2,5"×10"
Ulanish diametri: 1/2''
O‘lchamlari: 14 × 34 sm
Maksimal unumdorlik: 10 l/min
Ish bosimi: 3,5–4 bar
Maksimal bosim: 30 bar

