Baby Goat 2 – to‘liq yog‘li echki suti asosidagi bolalar sutli aralashmasi, 400 g
6-12 oylik bolalar uchun | Turkiyada ishlab chiqarilgan | DHA va vitamin-minerallar bilan boyitilgan
Baby Goat – Turkiyada ishlab chiqariladigan, to‘liq yog‘li echki suti asosidagi bolalar sutli aralashmasi. Mahsulot formulasi Turkiyaning yetakchi universitetlari, akademiklari va TÜBİTAK davlat tashkiloti bilan hamkorlikda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan.
Nima uchun Baby Goat?
1. To‘liq yog‘li echki suti asosida
Baby Goat tarkibining asosini to‘liq yog‘li echki suti tashkil etadi. To'liq yog'li aralashmalar minimal sanoat ishlovidan o'tadi va tabiiy kalsiy va vitaminlarni 2 barobar osonroq singdiradi. Echki sutining o‘ziga xos oqsil va yog‘ tuzilishi uni sigir sutidan farqlaydi.
2. Baby Goat echki suti foydalarini o‘zida mujassam etgan
– Echki sutida alfa-s1-kazein (αs1-kazein) miqdori sigir sutiga nisbatan kamroq. Shu sababli kazein yumshoqroq ivindi (massa) hosil qiladi va echki suti oqsillari osonroq hazm bo‘lishi mumkin.
– A2 beta-kazeini. Echki sutida yallig'lanishga sabab bo'ladigan va qorinni dam qiladigan A1 beta kazeini yo'q. Balki, echki suti oson hazm bo'ladigan A2 beta-kazeindan iborat.
– Echki sutidagi yog‘ globulalari sigir sutidagiga qaraganda kichikroq. Bu uning oshqozonda oson hazm bo'lishiga, gaz muammosi bo'lmasligiga hamda yog‘ning sut tarkibida bir tekisroq taqsimlanishiga yordam beradi.
– Oligosaxaridlar (GOS). Echki sutida oligosaxaridlar – prebiotiklar sigir sutiga nisbatan miqdori va xilma-xilligi jihatidan ko‘proq. Sut tarkibidagi oligosaxaridlar ichakdagi foydali bakteriyalarni oziqlantiruvchi tabiiy prebiotik vazifasini bajaradi.
– Nukleotidlar. Echki sutida tabiiy nukleotidlar miqdori sigir sutidagiga qaraganda 4-5 baravar ko‘proq ekanligini ilmiy tadqiqotlar tasdiqlaydi. Nukleotidlar – hujayra energiyasi va immunitet uchun zarur bo‘lgan qurilish bloklari hisoblanadi.
3. Vitamin va minerallar bilan boyitilgan. Tarkibida A, D, E, K, C va B guruh vitaminlari, shuningdek, kalsiy, temir, rux, magniy, fosfor, yod, selen va boshqa muhim minerallar mavjud.
4. DHA va mikroalga yog‘i. Tarkibida Schizochytrium sp. mikroalgasidan olingan DHA manbai bo‘lgan yog‘ mavjud. Bu hayvoniy manbadan olinmagan, vegetarian DHA manbaidir.
5. Baby Goat tarkibiga palma yog‘i qo‘shilmagan. Tadqiqotlar palma yog'i ichakda kalsiyning so'rilishini kamaytirishi va hazm jarayonini qiyinlashtirishi mumkinligini ko'rsatgan.
6. Baby Goat tarkibiga maltodekstrin qo‘shilmagan. Maltodekstrin - mahsulot hajmini oshirish, quyuqlashtirish va tez energiya berish uchun qo'llash mumkin bo'lgan qayta ishlangan uglevod.
Allergiyasi bo‘lganlar diqqatiga: mahsulot sut va sut mahsulotlarini o‘z ichiga oladi.
Muhim eslatma. Ona suti go‘daklar uchun afzal oziqa hisoblanadi. Dastlabki 6 oy davomida u yagona oziqa manbai bo‘lishi kerak. Mahsulotni bolaning ovqatlanish ratsioniga kiritishda pediatr yoki malakali tibbiyot mutaxassisi tavsiyasiga amal qiling.
Baby Goat tarkibida to‘liq yog‘li echki suti mavjudligi va kamroq sanoat ishlovidan o'tgani sababli echki sutiga xos tabiiy ta’m va hid sezilishi mumkin. Bu sigir suti asosidagi aralashmalardan farq qiladigan o‘ziga xos xususiyatdir.
Baby Goat – echki sutining tabiiy xususiyatlari va zamonaviy oziqlantirish formulasini birlashtirgan Turkiya mahsuloti.

