East Attar Signature Collection — Buyuk Britaniyaning CPL Aromas premium parfyumeriya kompozitsiyalari asosida yaratilgan 3 ta uniseks atirdan iborat to‘plam. Eau de Parfum konsentratsiyasi hidning boy ochilishi, sezilarli shleyfi va yuqori bardoshliligini ta'minlaydi.
To‘g‘ri qo‘llanganda hid terida 12 soatgacha*, kiyimda esa undan ham uzoqroq saqlanishi mumkin.
*Hidning saqlanish muddati teri turi, tana harorati, havo namligi, atrof-muhit sharoiti, qo‘llangan atir miqdori va individual xususiyatlarga bog‘liq.

