• Yumshoq muqova
• Qog'oz rangi: oq
• Xatcho‘p Hadya
• Sahifalar 202
• Kitobni yo'qotmaslik uchun savatga qoshib qoying📚
Konosuke Matsusita zamonaviy biznes tarixidagi eng buyuk shaxsdir. U nafaqat dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan Matsushita Electric asoschisi, balki biznesni boshqarish sohasidagi yorqin yetakchi, novator hamdir. Jon Kotterning kitobida "Matsushita Electric"ning Osakadagi kichik firmadan transmilliy korporatsiyagacha bo‘lgan rivojlanish tarixi ko‘rib chiqiladi. Biznesda yetakchilikka erishish uchun Matsusita tomonidan qo‘llanilgan boshqaruv usullari va bu usullarning uning original falsafiy qarashlari bilan o‘zaro bog‘liqligiga katta e’tibor beriladi.
Kitobda, shuningdek, Konosuke Matsusitaning o‘zi bosib o‘tgan hayot yo‘li batafsil tasvirlangan, erta yoshda bir nechta oilaviy fojialarni boshdan kechirgan, yaxshi ta’lim olmagan qishloqi yigitning biznes yetakchisiga, menejment sohasida novator va taniqli jamoat arbobiga aylanish sabablari tahlil qilingan.
Kitob birinchi navbatda menejerlar, tadbirkorlar, iqtisodiy oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilariga mo‘ljallangan, ammo keng kitobxonlar ommasi uchun ham qiziqarli bo‘ladi.

