📖 «Anam Ċara. Kelt donishmandligi»
«Anam Ċara. Kelt donishmandligi» — hayot haqida va ayni paytda hayotning o‘zi haqida yozilgan kitobdir. Irland shoiri, faylasufi va ruhoniysi Jon O’Donohyu kelt madaniyatining tadqiqotchisi emas, balki uning haqiqiy davomchisi sifatida inson va uni o‘rab turgan olam haqida chuqur mulohaza yuritadi.
Muallif nasr va she’riyatni uyg‘unlashtirib, bugungi kunda ko‘pincha sezilmay qolayotgan haqiqiy hayotni qayta kashf etadi. Kitob shoshqaloqlik, odatiylik va insonning o‘z asl mohiyatidan uzoqlashib borishi haqida fikr yuritadi.
Asarda do‘stlik, muhabbat, samimiyat, ko‘ra bilish, eshita bilish, har bir tongni yangi imkoniyat va ne’mat sifatida qabul qilish, donolik sari intilish hamda qo‘rquvni yengish kabi mavzular yoritilgan.
Bu kitobdan ko‘plab iqtiboslar olish, uni yaqinlar bilan baham ko‘rish va hayotni qanday yashash kerakligini unutmaslik uchun qayta-qayta mutolaa qilish istagi paydo bo‘ladi.
Mazkur asar sokin va mazmunli o‘qishni qadrlaydigan kitobxonlar uchun tavsiya etiladi.
Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Sahifalar soni: 185
Bonus sifatida zakladka mavjud.

