Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Sahifalar soni: 344
Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatchaga qo‘shib qo‘ying 📚
Bonus sifatida xatcho‘p (zakladka)
To‘liq tavsifni o‘qib chiqing 😊
Qor ustida yo‘lingni mushuk kesib o‘tdi va miyovladi. Qo‘rquv va xavotirlar qurshovida qolgan Viann Roshening xayolida «Xurakan esmoqda» degan so‘zlar tinimsiz jaranglaydi. Mudroq Lansne shaharchasiga o‘zgarishlar shamoli keldi, u go‘yo Viann qalbining bir parchasini o‘zi bilan uchirib ketadigandek. Hammasi maydonda gul do‘koni bo‘lgan odamovi chol — Narsisning vafoti bilan boshlandi. Kutilmaganda u o‘z yerlari chegarasidagi qulupnayli o‘rmonni Viannning kichik qizi Rozettga meros qilib qoldirdi. Rozett — g‘ayritabiiy, o‘zgacha qizcha, u qushlar tilida gaplashadi, rasm chizadi va shamol chorlovini eshitadi. Albatta, u o‘rmonni asrab qoladi. Biroq, Narsisning vasiyati va uning merosi taxmin qilinganidan ko‘ra ko‘proq sirlarni yashirgani ma’lum bo‘ldi. Mana, kure Reyno ham solisitor unga Narsisning tavbasi yozilgan papkani topshirganidan beri qovog‘idan qor yog‘adi. Buning ustiga, shaharga sobiq gul do‘koni o‘rnida tatu-salon ochish uchun Morgana Dyubua ismli ayol keladi. Bir necha hafta ichida u shaharni o‘zining teridagi sirli naqshlari bilan xuddi bir paytlar Viann shokolad bilan rom etgandek sehrlab oladi. Negadir Morgana ham qulupnayli o‘rmon va ayniqsa Rozett bilan qiziqib qoladi…

