Agar sizni yillar davomida bir xil muammolar — oilada, ishda yoki atrofdagilar bilan munosabatlarda — ta’qib qilayotgan bo‘lsa, ularning sababini o‘zingizdan, aniqrog‘i, bolalik davringizdan izlash kerak. Bu bolalik baxtli bo‘lganmi yoki og‘ir kechganmi — farqi yo‘q.
Mashhur amerikalik psixoterapevtlar Jeffri Yang va Janet Klosko, sxema-terapiya asoschilari, shuni ta’kidlaydilarki: har birimiz bolaligimizda ma’lum xulq-atvor andozalarini (patternlarni) o‘zlashtiramiz va keyinchalik ularni qayta-qayta takrorlaymiz, hatto ular bizga muvaffaqiyatli va baxtli bo‘lishga xalaqit bersa ham.
Ammo chiqish yo‘li bor. Ushbu kitobda siz nima uchun bir xil xatolarni takrorlayotganimizni va bu yomon doirani qanday uzib, hayotingizni yaxshilik tomon o‘zgartirish mumkinligini bilib olasiz.
📚 Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatchaga qo‘shib qo‘ying.
🎁 Bonus sifatida zakladka beriladi.
To‘liq tavsifni ham o‘qib chiqing 😊

