J. yosh avantyurist bo‘lib, unga vatandoshi, buyuk yo‘ldan ozdiruvchi Jakomo Kazanovaning ruhi ko‘chgandek edi. J. XX asr boshidagi jo‘shqin voqealarda – Italiya isyonlaridan to Alp tog‘laridan birinchi marta uchib o‘tishgacha, Angliya-Bur urushidan to Birinchi jahon urushigacha ishtirok etadi. Ammo uni chinakamiga qiziqtiradigan yagona narsa - bu ayollar. U turli tabaqa va millatga mansub, turli yosh va mavqega ega bo‘lgan, ozod va turmushga chiqqan, kibor va sodda ayollarni o‘ziga maftun eta oladi. Lekin u qanday qilib ularni osongina zabt eta oladi? U kim o‘zi – sovuq yo‘ldan ozdiruvchi va halokat keltiruvchimi yoki Muhabbat ruhining o‘ziga xos timsolimi?..

