Ushbu tenor dutor (maqom) — oʻzbek hunarmandchiligining nafis namunasi. O‘yma boʻyni va nafis naqshli bezaklari bilan nafaqat musiqa asbobi, balki san’at asaridir.
An’anaviy maqom kuylarini ijro etish uchun mos 16 pardali. Kosasi — koʻp yillik tut yogʻochidan, bo‘yni — yong‘oqdan. Ipak torlari va yogʻoch quloqlari bilan jihozlangan. Ikki qopqoqli konstruksiya — ovozning boy va chuqur chiqishini ta’minlaydi.
Kasbiy ijrochilar, sahna chiqishlari va sovg‘alar uchun moʻljallangan.

