Jo Gardner — maktab musiqa o‘qituvchisi bo‘lib, u butun umri davomida o‘zining Yerdagi asl vazifasi katta sahnada jaz chalish ekanligiga chin dildan ishongan. Va bir kuni unga haqiqiy omad kulib boqadi: uni afsonaviy saksofonchi ayol ansambli tarkibida chiqish qilishga taklif qilishadi. Go‘yo orzu-havas cho‘ntakda turgandek ko‘rinadi, ammo birgina tasodifiy noto‘g‘ri qadam hamma narsani ostin-ustun qilib yuboradi. Joning ruhi tanadan ajralib, yangi insoniy ruhlar endigina shakllanayotgan, o‘z qiziqishlari, fe’l-atvori va hayotning haqiqiy "uchqunini" izlayotgan ajoyib dunyoga ko‘chib o‘tadi. O‘zining yerdagi hayotiga qaytish va asosiy konsertga ulgurish uchun Jo ko‘p asrlardan beri ketma-ket Yerga borishni qat’iyan rad etib kelayotgan 22 ismli surbet ruh bilan kuchlarini birlashtirishga majbur bo‘ladi.

