Buyuk olim Abu Homid G‘azzoliyning ushbu asari aslida mashhur “Zikr va duolar kitobi” bo‘lib, unda duoning ruhiy va amaliy jihatlari chuqur tahlil etilgan. Biz uni “Duoning odoblari” deb nomladik.
Kitob 5 asosiy bo‘limdan iborat:
1️⃣ Zikrning uzun va qisqa shakllarining fazilati;
2️⃣ Duo fazilati va adoblari, Payg‘ambar (s.a.v.)dan rivoyat qilingan duolar va istig‘forlarning sharhlari;
3️⃣ Ba’zi kishilardan duo so‘rashda ixlos;
4️⃣ Rasululloh (s.a.v.)dan keltirilgan duolar to‘plami;
5️⃣ Hayotdagi muhim hodisalar vaqtida o‘qiladigan duolar.
Asar duoning ma’naviy kuchini, Allohga yaqinlikni va zikrning qalbni poklovchi ta’sirini o‘quvchiga yetkazadi.
📘 Sahifalar soni: 192 bet
📏 Hajmi: 13×20 sm
📕 Muqova: Qattiq
🔠 Til: O‘zbek (kirill alifbosida)
👤 Muallif: Abu Homid G‘azzoliy

