📌 Kitob nomi: Duolar qo'rg'oni, tuzuvchi Baxtiyor Komilov
📌 Muqova: Qattiq
📌 Chop etilgan yili: 2026
📌 Sahifalar soni: 320
📌 Qisqacha mazmun:
Qur’onning «Baqara» surasida Alloh subhanahu va taolo debdur: «Bas, Meni eslangiz, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukur qilingiz va Meni inkor qilmangiz!» («Baqara», 152) Mo‘min-musulmonlar Qur’onning «Ixlos» surasini mudom zikr etib yurishlari zarur: «U - Alloh birdir (ya’ni uning hech qanday sherigi yo‘qdir. U yakkayu yolg‘izdir). Alloh (barcha hojotlar bilan) ko‘zlanguvchidir (ya’ni barcha hojotlar Undan so‘raladi, ammo u hech kimga muhtoj emasdir). U tug‘magan va tug‘ilmagandir (ya’ni Allohning o‘g‘il-qizi ham, ota-onasi ham yo‘qdir. U azaliy va abadiy Zotdir). Va hech kim U Zotga teng emasdir». Zotan, Muhammad s.a.v. buyurganlariday: «Tiling hech qachon Alloh zikridan to‘xtamasin!» Ushbu risolada mo‘min-musulmonlar kecha-kunduzgi faoliyatlari davomida qay holat va qay fursatda Alloh taolo nomini Qur’onning qaysi oyatlarini zikr etgan holda yodga olishlari kerakligi bayon etilgan. Aslida bu oyatlar turli kitoblarda bayon etilgan bo‘lib, muhtaram kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida tuzuvchi ularni ushbu muxtasar risolaga jamlagan.
📌 Kitobni yo‘qotib qo‘ymang — savatchaga qo‘shing! 🛒

