Duo taqdirni o'zgartiradi.Muallif: Atham Amin Nemutlu. sahifalar soni: 224 bet Bu roman hayotda bo‘lib o‘tgan voqeadan taʼsirlangan holda yozilgan ... Inson taqdirida shunday bir burilish nuqtasi borki, ayni isyon qiladigan paytingda, ha, o‘sha onda qisqagina bir duo bilan aynan hovuchlaringda turgan mana shu ko‘rinmas tilsim bilan - qadaring oqimini o‘zgartirib yuborasan. Har kechaning bir tongi bo‘lgani kabi, har dardning ham bir oxiri bor. Shuning uchun yiqilsang shaxt bilan o‘rningdan tur va bir silkinib o‘zingga kel. Keyin esa yana maqsading tomon yugurishda davom et ... Shuni unutmaki, Alloh doim yoningda, sen bilan doim birga.. Agar yuragingda Rabbing bo'lsa, demak, bu hayotda hech kimga ehtiyojing yo'qdir. boshingga tushgan har ish zamirida katta bir hikmat bor, buni zinhor unutma. Hazrati mavlono (jaloliddin Rumiy)ning quyidagi misralari naqadar topib aytilgan: "Ahvolim chatoq demoq ne haddimizga, Shukurlar bo'lsin har holimizga".

