Bilgan kishi qodir Аllohdan, bilmaydigan esa gʼofil boʼshliqdan, nafsdan, tabiatdan, koinotdan soʼraydi. Yaratgan Egamdan nima istayotganini bilib harakat qilgan kishi ham dunyoda muvaffaqiyat qozonadi, ham jannatda mukofotini oladi. Аlloh taologa yuzlanmagan istaklarning mevalari dunyoda unib-oʼsadi va dunyoda chirib ketadi. Tarixni oʼzgartiradigan eng katta duo – qalbdan vulqondek hayajonlar bilan chiqib, yoyilgan duodir.
“Duo anatomiyasi” kitobini oʼqish hayotingizdagi eng muhim hodisalardan biri boʼladi. Qoʼlingizdagi kitobni oʼqib tugatgach, tasavvuringizdagi kelajakni eng taʼsirli tarzda soʼrash nozik xususiyatlarini oʼzingiz uchun kashf qilgan boʼlasiz. Qanchadan-qancha manzillar borki, kelajakda oʼz egalarini topishni kutib yotibdi. Duo qilib duosiga koʼra harakat qilganlar ilohiy roʼyxatdan joy oladi. Har bir kishi oʼzi munosib boʼlgan istiqbolga muvaffaq boʼladi.

