Bu hikoya kichik va katta hikoyalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz inson - onamning qomati bor. Undagi barcha odamlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Faqat ba’zilarining nomi o‘zgartirildi. Bu odamlarning taqdiri qaysidir ma’noda onam bilan bog‘liq.
Shunday qilib, ushbu asar sizlarga bag‘ishlanadi, aziz Onajonlar!
Dunyodagi barcha onalar o‘z farzandlariga bo‘lgan munosabatda bir-biriga juda o‘xshaydi.

