O'zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri - O'tkir Hoshimovning eng ko'p nashr qilingan va sotilgan asarlaridan biri - "Dunyoning ishlari" qissasi
"Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat.
Bundagi odamlarning hammasini o'z ko'zim bilan ko'rganman. Faqat ba`zilarining ismlari o'zgartirildi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bog'langan.
Dunyodagi hamma onalar farzandiga bo'lgan munosabat bobida bir-biriga juda o'xshaydi.
Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag'ishlanadi, aziz Onajonlar!"

