Imom G‘azzoLIYNING "Dunyo va uning haqiqati" asari insonni o‘tkinchi hayot sirlaridan ogohlantiradi. Unda dunyo ziynatlarining jilvalanishi pardasida yashiringan fano va aldovlar, hoyu-havasning achinarli oqibatlari rad etilmas dalillar orqali isbotlangan.
Muallif Kur’oni Karim oyatlari, sahobalar va tobeinlar hikmatlari hamda falsafiy mulohazalar orqali insonni uyg‘oqlikka, qalb pokligiga va boqiy saodatga chaqirib, dunyo moliga mahliyo bo‘lmaslikka undaydi.
Asar o‘quvchini bir savol ustida mushohada qilishga chorlaydi: inson dunyoda necha kun mehmon? Boqiy saodatga erishish uchun foniy dunyoda bani bashar ahli qanday hayot kechirmog‘i joiz?
Muhtaram o‘quvchi! Qo‘lingizdagi mazkur risolada shu savollarga javob topa olgan bo‘lsangiz, demak, siz ma’rifat yo‘lidasiz!

