Kitobda O‘zbekiston va jahon olimlari tomonidan turli yot oqimlar, buzg‘unchi kuchlarga qarshi bildirilgan g‘oyat muhim fikrlar o‘rin olgan. Shuningdek, ushbu kitobda islom dinining sofligini asrash, uni turli tuhmatlardan asrash maqsadida bugungi kunda e’tirof etilgan jahon ulamolari tomonidan aytilgan fatvo va ma’ruzalardan namunalar keltirilgan. Qolaversa, kitobda musulmonning to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligi, buzg‘unchi kuchlarning quruq g‘oyalariga berilib ketmasligi uchun asrimizning buyuk islom ulamolari tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy axborot vositalaridan foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar va odob-axloq qoidalari o‘rin olgan.

