"Dunyo daholari" ruknidan joy olgan mashhurlarning har biri o'z yo'li, tafakkuri, ixtirolari, olamshumul ishlari va hatto, taqdirlari bilan dunyoni o'zgartirishgan. Bu insonlar barchani hayratga soladigan, tasavvur va qiziqish uyg'otadigan ajoyib shaxslar boʻlib, ular bilan bog'liq hayotiy hikoyalar o'ziga ohanrabodek tortadi.
Shunday daholardan biri, shubhasiz, Leonardo da Vinchi (1452- 1519) edi. Kitobda uning hayot yo'li va faoliyati o'zining tilidan maroqli tarzda hikoya qilinadi.
Shu asnoda ko'plab sirlar oshkor etiladi. Kitob nihoyasida esa da Vinchi ijodidan eng sara ertaklar o'rin olgan.
Bolalar va o'smirlarga mo'ljallangan ushbu bejirim tuhfa oʻquvchilarga manzur bo'ladi, degan umiddamiz.
ISBN : 978-9910-8815-2-7
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 128
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2024
Nashriyot : Asaxiy Books
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq

