Kitobning syujeti boy savdogar Patros, uning shogirdi Xafid va Xafidning keyingi taqdiri orqali rivojlanadi. Xafid o‘z ustozidan “Dunyoning eng buyuk savdogari” maqomini meros qilib oladi va bu maqom bilan birga o‘n ta “Nomalar”ni qabul qiladi. Ushbu nomalar hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun hikmatlar, maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlarni o‘z ichiga oladi. Asarda Iso payg‘ambar tug‘ilgan kechada Xafidning chaqaloqni o‘ragan yopinchig‘i (bu voqeadan keyin Xafid Alloh tomonidan xoslar ichidan joy oladi) va Pavelning ushbu yopinchig‘i topib, Iso payg‘ambar dinini targ‘ib qilishi kabi ramziy voqealar orqali qahramonlar taqdiri bir-biriga bog‘lanadi. Nomalar insonni to‘g‘ri yashashga, iymonini mustahkamlashga, irodasini kuchaytirishga va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga yo‘naltirilgan.

