• My Way - eng ko'p sotilgan ayollar atirlari qatoriga kiradi
• Giorgio Armani – mashhur brendi ostida ishlab chiqarilgan
• Fransiya mahsuloti
My Way – Giorgio Armani tomonidan 2020-yilda taqdim etilgan ayollar uchun yaratilgan zamonaviy, nafis va hayotdan ilhom oluvchi ifor. U sayohatlar, yangi tanishuvlar va dunyoni kashf etish ruhidan olingan bo‘lib, “mening yo‘lim” degan ma’noni anglatadi. Atir tabiiylik va ayollik go‘zalligini o‘zida uyg‘unlashtiradi.

My Way – ochiqko‘ngil, erkinlikni sevuvchi, sayohatlardan ilhom oluvchi va o‘z yo‘lini izlaydigan zamonaviy ayollar uchun mos keladi.
Yuqori notalar: bergamot (Kalabriya), apelsin guli (Misr) – yangilik va yorqinlik beradi.
O‘rta notalar: tuberoza va jasmin (Hindiston) – romantik, jozibador va gullar shukuhini taratadi.
Asosiy notalar: oq kedr (Virjiniya), vanil (Madagaskar), oq mushk – iliqlik, muloyimlik va uzoq saqlanuvchi nafislikni beradi.
My Way – sitrus yangiligi, gullarning jozibasi va iliq vanil-mushk uyg‘unligidan tashkil topgan zamonaviy ayollar uchun nafis ifordir.

