Duga 16 Redline 500W elektr skuteri — kuchli dvigatel, zamonaviy texnologiyalar va yuqori qulaylikni birlashtirgan ishonchli transport vositasi. 60V/20Ah akkumulyator va 500W quvvatli motor bilan jihozlangan bo‘lib, bir martalik to‘liq zaryadda 50–60 km gacha masofani bosib o‘tadi. Maksimal tezligi 40 km/soatgacha yetadi va shahar ichida tez hamda qulay harakatlanishni ta’minlaydi.
Skuter 150 kg gacha yukni ko‘tara oladi va mustahkam konstruktsiyasi bilan uzoq muddat xizmat qiladi. Gidravlik tormoz tizimi xavfsiz va ishonchli to‘xtash imkonini beradi. NFC karta orqali ishga tushirish funksiyasi esa zamonaviy va qulay foydalanishni ta’minlaydi.
Model bagaj bo‘limi bilan jihozlangan bo‘lib, kundalik foydalanish va yetkazib berish xizmatlari uchun juda qulay. Komplekt ichida dubulg‘a va himoya yopg‘ichi mavjud. Guvohnoma talab qilinmaydi va skuter 100% foydalanishga tayyor holatda yetkaziladi.

