Qo‘ltiq osti, qo‘l kaftlari, oyoq panjalarida ko‘p terlashda yaxshi samara beradi. 7 kungacha terlash va yoqimsiz hid paydo bo‘lishining oldini oladi.
Erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham universal. Surtilgandan keyin hidi yo‘q.
Harakat mexanizmi:
Faol komponent - alyuminiy xlorid gidrati teri oqsili bilan o‘zaro ta’sirlashib, "oqsil tiqinlari" hosil qilib, suyuqlik ajralishini to‘xtatadi. Excelen Dry organizmning fiziologik ishlash mexanizmlarini buzmasdan, ko‘p terlashni bartaraf etadi. Shuningdek, faol komponent terning yoqimsiz hidini keltirib chiqaradigan bakteriyalarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.
Qo‘llash usuli:
Qora qopqoqni oching. Flakonni qattiq yuzaga qo‘ying. Flakon ichiga dab-on-matic applikatorini oxirigacha joylashtiring. Oq qopqoq bilan mahkam yoping.
Kechasi uxlashdan 30-40 daqiqa oldin Excelen Dry surtiladi. Terining ishlov beriladigan qismi sovunli sovuq suv bilan yuviladi va yaxshilab quritiladi. Excelen Dry ni teriga yupqa qatlamda surting. Bir necha daqiqa quriting. Excelen Dry qo‘llanilgandan so‘ng, ertasi kuni ertalab suv muolajalarini o‘tkazish mumkin. Birinchi marta qo‘llashda maksimal samaraga erishish uchun Excelen Dry’dan bir necha kecha ketma-ket foydalaning. Terining ishlov berilayotgan qismidagi sochlarni olib tashlagandan keyin Excelen Dry ishlatmang. Issiq vanna qabul qilgandan yoki saunaga borgandan so‘ng, muolajadan keyin kamida bir soat o‘tgach, preparat qo‘llaniladi.
Haftada 1-2 marta yoki zarur bo‘lganda qo‘llaniladi.

