Kitob jahon tarixining kam o‘rganilgan milodiy VI–VIII asrlariga bag‘ishlangan bo‘lib, aynan shu davrda Yevrosiyo hududlarida qadimgi turklar davlati - Buyuk Turk xoqonligi vujudga kelib, ravnaq topgan edi.
Asarda ushbu davlat hayotining etnik, siyosiy va diniy jihatlari batafsil tahlil qilinadi hamda jonli va obrazli bayon uslubi bilan uyg‘unlashadi. Shu bois kitob keng kitobxonlar ommasi uchun ham nihoyatda qiziqarli hisoblanadi.
Nashr Lev Gumilyov hayotlik davrida chop etilgan birinchi nashr (“Nauka”, Moskva, 1967) asosida tayyorlangan.

