"Drevniye imperii Sentralnoy Azii. Skiflar va xunnlar jahon tarixida" - mashhur tadqiqotchi Uilyam Makgovernning Yevroosiyo taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan ko‘chmanchi sivilizatsiyalarga bag‘ishlangan fundamental asari.
Muallif skiflar va xunnlarning siyosiy tuzumi, harbiy san’ati, dini va madaniyatini batafsil o‘rganib, ularning imperiyalari Xitoy, Fors va Yevropa bilan qanday munosabatda bo‘lganini ko‘rsatadi.
Ushbu xalqlarning Markaziy Osiyo, jumladan, hozirgi O‘zbekiston hududidagi tarixiy landshaftning shakllanishidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Kitob arxeologik topilmalar, qadimgi yilnomalar va zamonaviy tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli manbalarga asoslangan.

