Aktivlar nima uchun kerak:
Guruch suvi terini yumshatadi, namlaydi va tiniqlashtiradi. Gialuron kislotasi esa terida namlikni ushlab turadi va qurishning oldini oladi.
(2) Mahsulot nima qiladi:
Dr.Althea 345 Relief Cream Mist — krem va esansni birlashtirgan ikki fazali mist bo‘lib, terini tez tinchlantiradi va kun davomida namlik beradi. Purkalganda yengil “nam bulut” hosil qiladi va tez so‘riladi.
(3) Mahsulot ta’siri:
• terini intensiv namlaydi
• qizarish va tirnashni kamaytiradi
• teri himoya to‘sig‘ini tiklashga yordam beradi
• terini yumshatadi va silliqlaydi
• kun davomida namlik balansini saqlaydi
• teriga sog‘lom yorqinlik beradi
• sezgir teriga mos
(4) Ushbu formulani o‘ziga xosligi:
• ikki fazali (krem + esans) formula
• kun davomida qayta-qayta ishlatishga mos
• yopishqoq emas, yengil tekstura
• tez so‘riladi va makiyaj ustidan ham ishlatiladi

