Kitob haqida
Biz o‘z vaqtida yo‘lga chiqdik va shomga yaqin Klausenburgga yetib keldik. Bu yerda men "Royal mehmonxonasi"da tunab qoldim. Tushlikka, aniqrog‘i, kechki ovqatga menga qizil qalampir qo‘shib, o‘ziga xos usulda pishirilgan tovuq go‘shti keltirishdi - bu ajoyib taom, ammo kuchli tashnalikni keltirib chiqaradi. (Izoh: retseptni Mina uchun olish kerak.)Rostini aytsam, ularsiz qanday kun kechirishimni bilmayman..."a yo‘lga chiqishi kerak edi. G‘arbni tark etib, Sharqqa kelib qolgandek bo‘ldim, bu yerda kengligi va chuqurligi juda katta bo‘lgan Dunay ustidan o‘tgan ajoyib ko‘priklarning eng g‘arbiy qismi menga turk istilosi davrlarini eslatdi. Biz o‘z vaqtida yo‘lga chiqdik va shomga yaqin Klausenburgga yetib keldik. Bu yerda men "Royal mehmonxonasi"da tunab qoldim. Tushlikka, aniqrog‘i, kechki ovqatga menga qizil qalampir qo‘shib, o‘ziga xos usulda pishirilgan tovuq go‘shti keltirishdi - bu ajoyib taom, ammo kuchli tashnalikni keltirib chiqaradi. (Izoh: retseptni Mina uchun olish kerak.) Ofitsiant mening savolimga javoban, bu taom paprika gendl deb atalishini va uni Prikarpatyeda deyarli hamma joyda topish mumkinligini, chunki bu milliy taom ekanligini aytdi. Nemis tilini bilishim qanchalik zaif bo‘lmasin, ular menga katta yordam bergan degan xulosaga keldim. Rostini aytsam, ularsiz qanday kun kechirishimni bilmayman..."

