Vazifasi va xususiyatlari: Ushbu gel kunlik tozalik va yangilik hissini beradi. Noxush hidlarni bartaraf etadi, terining tabiiy pH balansini buzmasdan saqlab turadi.
Himoya va parvarish: Antibakterial taʼsirga ega boʻlib, qichishish, qizarish va noqulayliklarning oldini oladi.
Qoʻllanishi: Tashqi hamda ichki intim parvarish (gigiyenasi) uchun xavfsiz moʻljallangan. Barcha turdagi teriga, jumladan taʼsirchan teriga ham mos keladi.
Ishlatish usuli: Ozroq miqdordagi gelni kaftga olib, koʻpirtiriladi va kerakli sohaga surtiladi, soʻngra iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlanadi.

